» » Buxoroda marixuana sotayotgan qashqadaryolik fuqaro qo‘lga olindi

Buxoroda marixuana sotayotgan qashqadaryolik fuqaro qo‘lga olindi


Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan viloyat hududida olib borilgan tezkor-profilaktik tadbirlar davomida Qashqadaryo viloyati Kaspi tumanida yashovchi O.Botirovning asl “faoliyati” fosh etildi, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.

Fuqaro Botirov aylanma yo‘llar orqali Buxoro viloyatiga kelib, bu yerda o‘zining doimiy mijozlariga giyohvandlik moddalarini sotish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi. Tadbir davomida xodimlar O.Botirovni gugurt qutisiga joylashtirilgan jami 26,19 gramm miqdoridagi marixuana giyohvandlik moddasini 800 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga oldi.

O.Botirov bilan olib borilgan surushtiruv ishlari davomida, ushbu giyohvandlik moddalarni Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida yashovchi Sulton ismli fuqarodan 750 ming so‘mga sotib olganligi aniqlanadi.

Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (2-08-2017, 16:43)
+2 (голосов: 2)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют