» » Reyting: Eng ko‘p migrantlar istiqomat qiladigan 10 ta mamlakat

Reyting: Eng ko‘p migrantlar istiqomat qiladigan 10 ta mamlakat


Amerika — bu migrantlar mamlakati. Mamlakat aholisining faqatgina 2 foizini tub amerikalik tashkil etadi. Shunga qaramay, ko‘plab “yangi amerikaliklar” AQShni o‘zi uchun vatan deb hisoblaydi.

Raqamlarga e’tibor qaratilsa, Amerika bugungi kunda eng ko‘p migrant qabul qiluvchi mamlakatdir. Ayni vaqtda, foizlarda hisob-kitob qilinsa, migrantlarni qabul qilish masalasida dunyoning bir qator mamlakatlari AQShga raqiblik qila oladi.

ForumDaily nashri BMT taqdim etgan ma’lumotlarga tayanib, jahonda eng ko‘p migrantlar istiqomat qiladigan mamlakatlar ro‘yxatini tayyorladi.

Ushbu mitti mamlakat aholisining 40 foizini migrantlar tashkil etadi. Dunyodagi eng boy mamlakatlardan biri hisoblangan Lyuksemburg Belgiya, Fransiya va Germaniya bilan chegaradosh.

Singapur — janubi-sharqiy Osiyoda, Malayziya janubida joylashgan shahar-mamlakat. Aholisi 5,3 million bo‘lgan Singapurning 43 foizi migrantlardan iborat.

Bahrayn — Yaqin Sharqdagi tez rivojlanayotgan mamlakat. Bu yerda 1,3 million odam istiqomat qilsa, shuning salkam yarmini migrantlar tashkil etadi.

Monako — yana bir kichik mamlakat. Uning aholisi 40 mingga yaqin. Aholining 55 foizi migrantlardan iborat.

Xitoyning janubiy qirg‘og‘ida, Gonkong yaqinida joylashgan mazkur hududda 600 ming kishi yashaydi, ularning 60 foizi chet elliklardir. Migrantlarning asosiy qismi mahalliy kazinolarda ishlaydi.

Andorra — Ispaniya va Fransiya oralig‘ida joylashgan. Aholisi 80 mingga yaqin. Yevropaning boshqa mamlakatlarida bo‘lgani kabi, Andorrada ham aholi soni migrantlar hisobiga ortadi. Andorraning 60 foiz aholisi migrantlardir.

Lixtenshteynda 40 mingga yaqin odam yashaydi, shundan 62 foizi boshqa mamlakat fuqarolari. Lixtenshteyn Avstriya va Shveysariya oralig‘idagi tog‘li chegarada joylashgan.

Kuvayt ham xuddi Bahrayn kabi migrantlar uchun ochiq. Mamlakatning umumiy aholisi 3,3 millionga yaqin. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, aholining 74 foizi muhojirlardan iborat.

Jahon hamjamiyati Qatarni 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati ishlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida xorijiy ishchi kuchidan ayovsiz foydalanish hamda mamlakatdagi muhojirlarning mehnat sharoitlariga chidab bo‘lmasligida ayblab keladi. Shunga qaramay, mazkur mamlakatga migrantlar oqib kelishda davom etmoqda. Qatar aholisi 2 milliondan ortiqroq bo‘lsa, shuning 75 foizi migrantlardir.

Birlashgan Arab Amirligi — ushbu reyting yetakchisi. Mamlakatda 9,5 million aholi istiqomat qilsa, shundan 88 foizi migrantlardir. Ularning asosiy qismi Hindiston, Pokiston va Bangladeshdan kelgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-08-2017, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют