» » Andijonda Muhammad Yusuf nomidagi maktab ochilmoqda

Andijonda Muhammad Yusuf nomidagi maktab ochilmoqda


Andijon davlat universiteti qoshidagi 4-akademik litsey hududida Andijon shahrida Muhammad Yusuf nomidagi ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va shoir byusti o‘rnatilgan xiyobon paydo bo‘ladi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Bu choralar Vazirlar Mahkamasining 25-iyuldagi qarorida ko‘zda tutilgan.

2017–2018-o‘quv yilida 5–8-sinflar, 2018–2019-o‘quv yilidan esa 5-sinfga 30 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi. 1-sentabrga qadar 150 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv binolarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, yondash hududda bog‘ barpo etiladi.

Yangi maktab o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o‘quv-metodik majmualar, darsliklar va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanadi.

Maktabga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va adabiyot fanlaridan, shuningdek psixologik-pedagogik diagnostika bo‘yicha test sinovi o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-08-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют