» » General Motors jahon bo‘yicha 800 ming avtomobilini chaqirib oladi

General Motors jahon bo‘yicha 800 ming avtomobilini chaqirib oladi


Amerikaning General Motors avtomobil konserni jahon bo‘yicha tarqalgan 800 mingga yaqin Chevrolet Silverado 1500 va GMC Sierra 1500 avtomobillarini ruldagi muammolari sabab chaqirib oladi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

AQShdagi yirik avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya 2014-yilda chiqqan modellarining rul qismidagi elektr kuchaytirgichlar vaqtinchalik, ayniqsa, past tezlikdagi harakatda manyovrlarni bajarishda izdan chiqishi mumkinligini ma’lum qildi.

Mazkur jarayon doirasida AQShdagi 690 ming, Kanadadagi 80 ming va boshqa bozorlardagi 25 ming ushbu modeldagi avtomobillar chaqirib olinadi. Muammoni hal qilish uchun GM dillerlari dasturiy ta’minotni qayta o‘rnatishadi.

General Motors vakillarining so‘zlariga ko‘ra, muhandislar yangi modellarni ishlab chiqarishda bir nechta o‘rgartirishlarni amalga oshirgan bo‘lib, bu kuchaytirgichning o‘chishiga olib keladigan kuchlanishning pasayishini bartaraf etadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-08-2017, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют