» » O‘zbekiston Prezidenti hisobidan Hajga boradigan 73 nafar urush faxriysiga bittadan qarindoshi hamrohlik qiladi

O‘zbekiston Prezidenti hisobidan Hajga boradigan 73 nafar urush faxriysiga bittadan qarindoshi hamrohlik qiladi


O‘zbekistonlik 73 nafar Ikkinchi jahon urushi faxriysi Haj safariga borish taraddudini ko‘rmoqda. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 4-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan ilgari Haj ziyoratiga bormagan yoki bunga imkoni bo‘lmagan urush qatnashchilari Prezident ajratgan mablag‘ hisobidan ziyoratga yuborilishi belgilab qo‘yilgan edi.

Diniy idora ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil 73 nafar urush qatnashchisi Haj safariga boradi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi urush qatnashchilarining Haj ibodatlarini ado etib qaytishlari uchun shart-sharoitlar yaratish borasida ish olib bormoqda.

Jumladan, urush faxriylarining oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlaridan bir nafariga navbatsiz Haj ziyoratiga borishga ruxsat berilgan. “Ayni paytda nuroniylarning quvonchiga sherik bo‘lish va dildan suhbatlashish maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurilmoqda”, — deyiladi idora axborotida.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-08-2017, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют