» » Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga yangi vazifalar yuklatildi

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga yangi vazifalar yuklatildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmon imzoladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Hujjatga muvofiq, vazirlik sohani kompleks tarzda modernizatsiya qilishga, ilm-fan va texnika muvaffaqiyatlarini, resurslar va suvni tejovchi zamonaviy agrotexnologiyalarni, qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi ilg‘or mahalliy va xorijiy tajribani joriy qilishga qaratilgan yagona agrotexnik va suv xo‘jaligi siyosatini amalga oshiradi.

Muassasa qishloq xo‘jaligining dinamik va muvozanatlashgan taraqqiyotini, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq aholisi bandligi va daromadini oshirish, ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari narxini barqaror darajada saqlab turishga qaratilgan kompleks maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi.

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi sohasiga xorijiy investitsiyalarni va texnik ko‘mak mablag‘lari (grantlar)ni jalb qiladi, shuningdek, ularning samarali tarzda qo‘llanilishini ta’minlaydi.

Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Qishloq va suv xo‘jaligida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish markazi ochilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini ijtimoiy rivojlantirish va rag‘batlantirish jamg‘armasini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va ishchilarini rag‘batlantirish jamg‘armasiga aylantirdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-08-2017, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют