» » O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi birinchi yarim yillikda 12 milliard dollardan oshdi

O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi birinchi yarim yillikda 12 milliard dollardan oshdi


2017-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekisonning tashqi savdo aylanmasi 12 milliard AQSh dollaridan ortiqni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,1 foizga o‘sdi. Eksport hajmi 5,969 milliard dollarni (+13,1 foiz), import esa 6,102 milliard dollarni (+9,2 foiz) tashkil etdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Tashqi savdodagi saldo import foydasiga 132,7 million dollarni tashkil etgan bo‘lib, bunda MDH mamlakatlari bilan tashqi savdodagi farq ijobiy bo‘lib, 300,2 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, boshqa mamlakatlar bilan savdoda salbiy tafovut 432,9 million dollardan iborat.

O‘zbekiston rezidentlarining tashqi savdo amaliyotlari asosan Osiyo (umumiy mahsulot aylanmasining 47,2 foizi), Yevropa, (42,2 foiz) va Amerika mamlakatlari (3 foiz) bilan amalga oshirilgan bo‘lib, ularning jami ulushi 92,4 foizni tashkil etadi.

MDH mamlakatlari orasida tashqi savdoning asosiy ulushi Rossiya, Qozog‘iston, Ukraina, Tojikiston, Qirg‘izistonga to‘g‘ri kelib, 29,4 foizni tashkil etadi. Boshqa mamlakatlar orasida Xitoy, Turkiya, Koreya, Germaniya, Afg‘oniston, Braziliya, Hindiston, Eron, Latviya, Litva, Fransiya, AQSh, Shveysariya hissasiga to‘g‘ri kelib, jami tashqi savdoning 43 foizini tashkil qilgan.

O‘zbekistonning 2017-yil yanvar—iyun oylari bo‘yicha tashqi savdodagi hamkorlari o‘nligi

O‘zbekiston eksport tuzilmasining 27,9 foizini xizmatlar, 12,3 foizi — energiya tashuvchi va neft mahsulotlari, 7,5 foizi —kimyoviy va ulardan tayyorlangan mahsulotlar, 6,7 foizi— qora va rangli metallar, 6,1 foizi— oziq-ovqat mahsulotlari, 4,3 foizi — paxta tolasi, 2,4 foizi— mashina va uskunalar, 32,8 foizi — boshqa tovarlar tashkil etgan.

Import tuzilmasida esa mashina va uskunalar 37,2 foizni, kimyo sanoati mahsulotlari — 17,9 foiz, oziq-ovqat mahsulotlari — 11,1 foiz, qora va rangli metallar — 9,9 foiz, xizmatlar — 6,9 foiz, energiya tashuvchilar va neft mahsulotlari — 5,3 foizni va boshqa tovarlar — 11,7 foizni tashkil etdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-08-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют