» » O‘zbekistonlik mashhur bokschilar jahon chempionligi uchun Germaniyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekistonlik mashhur bokschilar jahon chempionligi uchun Germaniyaga jo‘nab ketdi


Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida 9 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan, yakunda ishtirokchi bokschilarining barcha — 10 nafari Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan O‘zbekiston terma jamoasi Germaniyaga jo‘nab ketdi.

“Olamsport” nashrining xabar berishicha, 25-avgust kuni Gamburg shahrida Jahon chempionati start oladi. Oldindagi 18 kun davomida o‘zbekistonlik bokschilar Germaniyaning o‘zida mundial janglariga tayyorgarlik ko‘radi.

Bunda boks federatsiyasi faqatgina yo‘llanmani qo‘lga kiritgan 10 bokschi emas, balki ularga o‘rinbosar bo‘lishi kutilayotgan zaxira bokschilariga ham Germaniyaga tashrif buyurish imkoniyatini yaratib bergan.

Mazkur bokschilardan 9 nafari Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgandi. Faqatgina Sanjar Tursunov Toshkentdagi musobaqaning chorak finalida yengilib, medalsiz qolgan. Shunga qaramay, u pley-off jangida raqibini yengib, mundial chiptasini qo‘lga kiritgandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (7-08-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют