» » 2018-yildan zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i bekor qilinadi

2018-yildan zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i bekor qilinadi


Prezident 10-avgust kuni “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Bu haqda Uz24 xabar bermoqda.

Hujjatga muvofiq, 2017-yil 1-oktabrdan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho metallardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarish Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiriladi. Davlat asllik darajasini belgilash palatasining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi bekor qilinmoqda.

Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni quyidagi sxema bo‘yicha oladi:

– vakolatli tijorat banklariga Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadigan shakllar bo‘yicha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish hajmlarini ko‘rsatgan holda ishlab chiqaruvchining qimmatbaho metallarga bo‘lgan ehtiyojini ko‘zda tutadigan buyurtmalar yuboriladi;

– vakolatli tijorat banklari ishlab chiqaruvchilarning zargarlik buyumlariga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, Markaziy bankka zarur hajmlarda qimmatbaho metallarni ajratish to‘g‘risidagi buyurtmani yuboradi;

– Markaziy bank vakolatli tijorat banklari buyurtmalariga asosan plastina ko‘rinishidagi vazni 100 grammdan boshlanadigan qimmatbaho metallarni milliy valyutaga to‘liq oldindan to‘lov shartlarida London qimmatli metallar birjasining ertalabki fiksing narxidan kelib chiqib ajratadi (qimmatbaho metallarning sof og‘irligiga qayta hisoblab);

– vakolatli tijorat banklari zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni qayta sotish huquqisiz, 1 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda marja undirgan holda sotadi.

2020-yil 1-yanvargacha:

– tijorat banklari Prezidentning shu qaroriga muvofiq qimmatbaho metallarni sotish borasida QQS va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etildi;

– zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar zargarlik buyumlarini sotishda, jumladan, eksportga sotishda bo‘shaydigan mablag‘larni ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga, shuningdek, aylanma mablag‘larini to‘ldirishga maqsadli yo‘naltirgan holda aksiz solig‘i va QQS to‘lamaydi.

Bundan tashqari, 2018-yil 1-yanvardan:

– chakana savdo tarmog‘ida sotiladigan zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i;

– ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan va “O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtiriladigan affinlangan qimmatbaho metallarni qayta ishlash jarayoni texnik-iqtisodiy asoslarini Tashqi savdo vazirligi bilan kelishish bekor qilindi.

2017-yil 1-oktabrgacha bo‘lgan muddatda Markaziy bank respublika hududlarida belgilangan tartibda zargarlik buyumlarining asllik darajasini belgilash va tamg‘alashni amalga oshiradigan Davlat asllik darajasini belgilash palatasining filiallari tashkil etilishini ta’minlaydi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-08-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют