» » ОАВ: Yelizaveta II 95 yoshida taxtdan voz kechishni rejalashtirmoqda

ОАВ: Yelizaveta II 95 yoshida taxtdan voz kechishni rejalashtirmoqda


Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 95 yoshida taxtdan voz kechishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Mirror manbalariga tayanib, “Kommersant.ru” xabar berdi.

“Janobi oliyalari o‘z yoshini unutmagan, faqat vaqti yetganida hokimiyatning berilishi bir tekisda kechishini istaydi. U o‘z mamlakati uchun qo‘lidan kelgan barcha narsani amalga oshirganiga ishonch hosil qilish umidida”, — ta’kidladi nashr manbasi.

Gazetaga ko‘ra, taxtni qirolichaning o‘g‘li shahzoda Charlzga topshirishga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

Ma’lumot uchun, Yelizaveta II 1952-yilda, otasining o‘limidan so‘ng Buyuk Britaniya qirolichasiga aylandi. U ayni paytda 91 yoshda.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-08-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют