» » BMT bosh kotibi xalqaro tashkilotning Malidagi missiyasiga uyushtirilgan hujumni qoraladi

BMT bosh kotibi xalqaro tashkilotning Malidagi missiyasiga uyushtirilgan hujumni qoraladi


BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish xalqaro tashkilotning Malidagi missiyasiga uyushtirilgan qurolli hujumni qoraladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Guterrish o‘zining yozma bayonotida BMT tinchlikparvarlariga hujum harbiy jinoyat hisoblanishini eslatdi.

Missiyaning Timbuktu shahridagi shtab-kvartirasi va Duenzedagi lageriga 14-avgust, dushanba kuni uyushtirilgan hujum oqibatida bir nafar BMT tinchlikparvari, mahalliy jandarm va Mali fuqarosi bo‘lgan 6 nafar qo‘riqchi, jami 8 kishi o‘ldirildi. Otishma davomida 6 nafar jangari yo‘q qilindi.

BMT bosh kotibi Mali hukumati va qurbonlar oilasiga hamdardlik bildirdi, shuningdek, mintaqada terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashning muhimligini ta’kidladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (15-08-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют