» » “Paxtakor” rahbariyati yangi o‘yingoh qurish uchun Turkiya, Gollandiya va Avstriyadagi stadionlarni o‘rganib chiqmoqda

“Paxtakor” rahbariyati yangi o‘yingoh qurish uchun Turkiya, Gollandiya va Avstriyadagi stadionlarni o‘rganib chiqmoqda


“Paxtakor” futbol klubi 2017-yilgi mavsumni o‘z stadionida o‘tkazadi. Yangi stadion qurilishini boshlash uchun hali besh-olti oy vaqt kerak.

Bu haqda klub vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Paxtakor” Oliy Liganing ikkinchi davra o‘yinlarini o‘z stadionida o‘tkazadi.

Stadionimizda qurilish ishlari boshlanadi. Bunga besh-olti oy vaqt kerak bo‘ladi. Hozir Turkiya, Gollandiya, Avstriyadagi stadionlar o‘rganib chiqilmoqda. “Paxtakor” ikkinchi davrani o‘z stadionida o‘tkazadi.

Umid Ahmadjonov, “Paxtakor” vitse-prezidenti

Avvalroq “Paxtakor” stadioni ikkinchi davra oldidan yopilishi, klub o‘z o‘yinlarini boshqa stadionlarda o‘tkazishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.

Bundan tashqari, “Paxtakor”ning yangi prezidenti Bobur Shodiyev hukumat ko‘magida klubning yangi stadioni hozirgi stadion o‘rnida barpo etilishini, loyiha taqdimoti yarim yil ichida o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi.

Taxminlarga ko‘ra, qurilajak yangi stadionda hozirgidek yugurish yo‘laklari bo‘lmaydi, tribunalarning usti esa tom bilan yopiladi.

Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadioni qurilishi 1954-yilda boshlanib, 1956-yilda foydalanishga topshirilgan. Dastlab stadion o‘z bag‘riga 55 ming nafargacha tomoshabin sig‘dira olardi, 2008-yilgi rekonstruksiya ishlaridan so‘ng stadion sig‘imi 35 ming tomoshabingacha kamaygan.

“Paxtakor” stadioni shu nomli futbol klubi hamda O‘zbekiston milliy terma jamoalari uchun uy maydoni hisoblanadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-08-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют