» » Turizm istiqbollariga bag‘ishlandi

Turizm istiqbollariga bag‘ishlandi


2017-yil 17-avgust kuni Parkent tumani “Kumushkon” qishloq fuqarolar yig‘ini Chashma mahallasi 33-uy namuna sifatida “mehmon uylari” sifatida jihozlanib, “Kumushkon”, “So‘qoq”, “Zarkent” va “Shampan” qishloqlari xonadonlari taklif etilgan holda ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Tadbir Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “Mikrokreditbank” ATB, Toshkent viloyat hokimiyati mutasaddi xodimlari ishtirokda o‘tkazildi.

Mazkur seminarda, Bo‘stonliq tumanining “Chimyon”, “Nanay”, “Piskom”, “Maydon tol”, “Tepar”, “Sijjak”, “Bog‘iston” va “Chinboyliq” qishloqlari, Parkent tumanining “So‘qoq”, “Zarkent” va “Kumushkon” qishloqlari, Ohangaron tumanining “Susam”, “Tut”, “O‘rgazsoy”, “Shovgazsoy” qishloqlarida va Yangiobod qo‘rg‘onida aholi xonadonlarida dam oluvchilar va sayyohlar uchun zamonaviy sharoitlar yaratilgan “mehmon uylari” tashkil etish, ularga imtiyozli kreditlar ajratish hamda mazkur xizmatlarga sertifikat berishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqib, bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun taqdim etish bo‘yicha topshirilgan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlar tashkil etildi.

Yuqorida nomlari qayd etilgan korxona va tashkilotlarning mas’ul xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzildi va ushbu mahalla fuqaro yig‘inlaridagi xonadonlarga borilgan holda, “mehmon uylari” tashkil etiladigan xonadonlar tanlab olindi.

Reklama huquqi asosida

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-08-2017, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют