» » Sherzodxon Qudratxo‘jayev ustidan Prezident portaliga shikoyat tushdi. Lekin XPK raisi bundan xafa emas

Sherzodxon Qudratxo‘jayev ustidan Prezident portaliga shikoyat tushdi. Lekin XPK raisi bundan xafa emas


Xalqaro press-klub raisi Sherzodxon Qudratxo‘jayev ustidan O‘zbekiston Prezidentining virtual qabulxonasiga shikoyat tushdi. Bu haqda Qudratxo‘jayevning o‘zi XPKning Qashqadaryoda bo‘lib o‘tgan sayyor sessiyasida aytib o‘tdi.

Ma’lum bo‘lishicha, press-klubga o‘qishni bitirgan, biroq o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga kira olmagan fuqarodan murojaat kelib tushgan. Sherzodxon Qudratxo‘jayev bu murojaatga “yoshlarning uyg‘onish vaqti kelgani, munosib odam o‘z ishini topadi”, qabilida munosabat bildirgan.

Shunday deganimni bilaman, Prezident portalidan menga xat kelib turibdi. “Qudratxo‘jayev nega meni bunday gapirdi? Yoshlar uxlayapti, dedi. Press-klubni yopish kerak! Hokimiyatlar ishlamasa, ularni ham yopish kerak!”, deb mening ustimdan arz qilibdi. Mayli, men bundan xafa bo‘lmadim.

Sherzodxon Qudratxo‘jayev, Xalqaro press-klub raisi

XPK raisining qayd etishicha, “tabiatan arizachilar”ning murojaatlari sabab mas’ul shaxslar ba’zi hollarda haqiqiy muammolarni o‘rganishga sarflashi mumkin bo‘lgan vaqtini boy bermoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-08-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют