» » AQSh Afg‘oniston hukumati va toliblar o‘rtasidagi muzokaralarni dastlabki shartlarsiz qo‘llab-quvvatlashga tayyor

AQSh Afg‘oniston hukumati va toliblar o‘rtasidagi muzokaralarni dastlabki shartlarsiz qo‘llab-quvvatlashga tayyor


AQSh Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” harakati o‘rtasida tinch muzokaralar o‘tkazilishini dastlabki shartlarsiz qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda davlat kotibi Reks Tillersonning bayonotida aytiladi, deb yozadi “TASS”. Bayonot AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan Afg‘oniston bo‘yicha yangi strategiya e’lon qilingach, tarqatildi.

Tillersonning fikricha, Vashingtonning yangi strategiyasi muayyan vazifalarni bajarish uchun “sun’iy tarzda yaratilgan so‘nggi muddatlarga asoslangan avvalgi yondashuvlar”dan tubdan farq qiladi.

“Biz ‘Tolibon’ga jang maydonida g‘alaba qozona olmasligini aniq-ravshan aytayapmiz. Ammo ‘Tolibon’da urushga nuqta qo‘yish maqsadida muzokaralar asosida tinchlik va siyosiy legitimlikka erishish uchun yo‘l bor”, — dedi Tillerson.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют