» » AQSh mudofaa vaziri ittifoqdoshlar Afg‘onistondagi harbiy kontingentini ko‘paytirishga moyilligini bildirdi

AQSh mudofaa vaziri ittifoqdoshlar Afg‘onistondagi harbiy kontingentini ko‘paytirishga moyilligini bildirdi


AQShning ayrim ittifoqdoshlari Afg‘onistondagi harbiy kontingentini ko‘paytirishga moyil bo‘lib turibdi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Qurolli kuchlar shtab boshliqlari qo‘mitasi rahbari Jozef Danfordga prezident strategiyasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rishni topshirdim. NATO bosh kotibi va ayrimlari kontingent sonini oshirishga moyil bo‘lgan ittifoqdoshlarimiz bilan aloqada bo‘laman. Birgalikda afg‘on xavfsizlik kuchlariga terrorchilar tarmog‘ini yo‘q qilishda yordam beramiz”, — deyiladi vazir bayonotida.

AQSh prezidenti Donald Tramp 21-avgust, dushanba kuni Afg‘oniston bo‘yicha yangi strategiya haqida e’lon qildi. Unda Vashington endilikda mamlakatdagi harbiy kontingenti soni va harbiy operatsiyalar boshlanishi hamda yakunlanishi haqida ma’lum qilmasligiga urg‘u berilgan.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют