» » Germaniya oltin zaxiralarining yarmidan oshig‘ini xorijdan qaytardi

Germaniya oltin zaxiralarining yarmidan oshig‘ini xorijdan qaytardi


Germaniya davlat oltin zaxiralarining yarmidan oshig‘i — 1710 tonnasini xorijdan qaytardi. Bu haqda mamlakat Markaziy banki — Bundesbank ma’lum qildi.

Bundesbank rahbari Karl-Lyudvig Tilega ko‘ra, nemis oltinining bir qismini xorijdan qaytarish dasturi muddatidan avval yakunlandi.

Shu bilan birga, Germaniya oltin zaxiralarining deyarli yarmi AQSh va Buyuk Britaniyada qolishda davom etmoqda: 1236 tonna Nyu-Yorkda, 432 tonna Londonda.

Germaniya oltin zaxiralarini qaytarish dasturini 2013-yilda qabul qildi. Mamlakat ularningumumiy hajmi bo‘yicha (3378 tonna) dunyoda AQShdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (24-08-2017, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют