» » Namangan shahrida “Xavfsiz hudud posbonlari” jamoatchilik tuzilmasi tashkil etildi

Namangan shahrida “Xavfsiz hudud posbonlari” jamoatchilik tuzilmasi tashkil etildi


Namangan viloyat IIB, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Namangan shahar hokimligi hamkorligida mahallalarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, namunali jamoat tartibini saqlash, ichki ishlar organlariga ko‘maklashishda yoshlar rolini oshirish maqsadida “Xavfsiz hudud posbonlari” jamoatchilik tuzilmasi tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Mahalla va ta’lim muassasalaridan o‘zlari istiqomat qilayotgan hududda tinchlik-osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam berish istagini bildirgan
ko‘ngillilar saralab olindi.

“Xavfsiz hudud posbonlari” uchun “Dinamo” o‘yingohida dastlabki xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazilib, Namangan shahrida profilaktika inspektorlari bilan birgalikda xizmatga jalb etildi.

Jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatgan “Xavfsiz hudud posbonlari” tuzilmasi a’zolarini kelgusida rag‘batlantirib borish ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-08-2017, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют