» » BMT: Yil boshidan beri Yevropaga yo‘l olgan 2 mingdan ortiq muhojir halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi

BMT: Yil boshidan beri Yevropaga yo‘l olgan 2 mingdan ortiq muhojir halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi


Yil boshidan beri Yevropaga O‘rtayer dengizi yoki quruqlik orqali borishga uringan 2,2 mingdan ortiq qochoq va muhojir halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi. Bu haqda BMTning qochoqlar ishi bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi hisobotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.

O‘rtayer dengizini kesib o‘tayotganlar soni keskin kamaygan va 107 ming kishini tashkil etgan. Turkiyadan Gretsiyaga bo‘lgan yo‘nalishning o‘zida muhojirlar oqimi 94 foizga pasaygani qayd etildi.

Yanvardan beri Gretsiyaga 9 ming qochoq keldi, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 150 ming kishidan ortiq edi. Shimoliy Afrikadan Italiyaga yo‘l olganlar soni deyarli o‘tgan yilgi darajada qoldi va salkam 84 ming kishidan iborat bo‘ldi.

Boshqarmaga ko‘ra, Yevropaga kelayotganlar soni sezilarli darajada pasaygan bo‘lsa ham halok bo‘lish ehtimoli yuqori darajada qolmoqda. Oxirgi yarim yil mobaynida 2253 kishi dengizda halok bo‘ldi yoki bedarak yo‘qoldi. Kamida 40 kishi quruqlikda, Yevropa chegaralari yaqinida hayotdan ko‘z yumdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют