» » Shavkat Mirziyoyev: Bekobod ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha hatto Yangiyo‘ldan ham orqada (video)

Shavkat Mirziyoyev: Bekobod ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha hatto Yangiyo‘ldan ham orqada (video)


Toshkent viloyatining Bekobod shahrida tashrif bilan bo‘lgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahrini viloyatdagi boshqa bir shahar — Yangiyo‘l bilan taqqoslagan edi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Yangiyo‘lda Bekoboddagi kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari yo‘q, lekin Bekobod ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha Yangiyo‘ldan ham orqada.

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” Bekobod shahrining dunyoqarashiga, ma’naviyatiga, ma’rifatiga, iqtisodiyotiga bugun qanday ta’sir qilyapti?

Misol uchun, Bekobodda Yangiyo‘lga nisbatan go‘sht arzonmi? Kartoshka arzonmi? Uy arzonmi? Park bormi? Kasalxona zo‘rmi? Tug‘uruqxona eng zamonaviymi? Bolalar poliklinikasi eng zo‘rmi? Bolalar bog‘chalari zo‘rmi? Bu savollarga kim javob bera oladi?

Yangiyo‘lda metkombinat yo‘q, Bekobodda esa bor. Lekin ko‘p ko‘rsatkichlar bo‘yicha Bekobod hatto Yangiyo‘ldan ham orqada. Mana shu gaplarni bugun biz oddiy tilda emas, hisobot tarzida aytadigan bo‘lsak, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga hech qachon yeta olmaymiz.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (27-08-2017, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 60) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют