» » Gruziyada o‘t o‘chirish vertolyoti quladi

Gruziyada o‘t o‘chirish vertolyoti quladi


Gruziyada, Borjomi o‘rmonida o‘t o‘chirish paytida vertolyot quladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

“Borjomi darasida suv rezervuarini to‘ldirish chog‘ida o‘t o‘chirishda ishtirok etgan vertolyotlardan biri quladi. Vertolyot suvga tushib ketdi. Vertolyot ekipajiga zarar yetmadi”, — deyiladi xabarnomada.

Daba qishlog‘iga yaqin o‘rmonda yong‘in 20-avgust kuni kelib chiqqan edi. Tog‘ relyefi, shamol va quruq ob-havo olovni tezda o‘chirishga to‘sqinlik qildi. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, 100 gektar o‘rmon yonib ketdi.

O‘t o‘chirishda olti vertolyot ishtirok etdi. Shulardan ikkitasi Gruziya IIVga, ikkitasi Turkiyaga tegishli, bittadan vertolyot Ozarbayjon va Belarus tomonidan taqdim etildi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (27-08-2017, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют