» » Markaziy bank: Valyuta sotib olish shoxobchalari faoliyati uzluksizligi ta’minlanadi

Markaziy bank: Valyuta sotib olish shoxobchalari faoliyati uzluksizligi ta’minlanadi


Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan “Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olishi uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (davlat ro‘yxat raqami №2912 2017-yil 16-avgust) kuchga kirdi, deb xabar berdi Markaziy bank matbuot xizmati.

Mazkur Nizomda valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olinishi uchun tijorat banklarini o‘z vaqtida zarur miqdorda naqd pullar bilan ta’minlash, ularning maqsadli ishlatilishi, ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatlari, tartibi, tegishli buxgalteriya o‘tkazmalari belgilab berilgan.

Belgilangan tartiblar ayirboshlash shoxobchalarining uzluksiz faoliyat yuritishi va mijozlarga o‘z vaqtida va sifatli bank xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-08-2017, 13:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют