» » YTH oqibatida MAN avtoulovi ichida qisilib qolgan fuqaro qutqarib olindi

YTH oqibatida MAN avtoulovi ichida qisilib qolgan fuqaro qutqarib olindi


2017-yil 25-avgust kuni soat 14:23 da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Toshkent shahar hokimligi Qutqaruv xizmati boshqarmasi dispetcheridan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Chimgan” chorrahasida Matiz hamda MAN rusumli avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi va avtoulov ichida bir nafar odam qisilib qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Ushbu xabarni olgan zahoti boshqarma Qutqaruv otryadi navbatchi smena qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib bordi. Voqea joyida vaziyat o‘rganilganda, haqiqatdan ham MAN rusumli yuk avtoulovi ichida fuqaro F.T. qisilib qolganligi aniqlandi. Qutqaruvchilar zudlik bilan maxsus asbob-anjomlar yordamida F.T.ni avtoulov ichidan chiqarib olishdi va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi. O‘z vaqtida yordam ko‘rsatilishi natijasida fuqaro F.T.ning hayoti saqlab qolindi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-08-2017, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют