» » Prezident matbuot xizmati rahbari Asadjon Xo‘jayev va O‘zMTRK rahbari Bobur Alixonov lavozimidan ozod etildi

Prezident matbuot xizmati rahbari Asadjon Xo‘jayev va O‘zMTRK rahbari Bobur Alixonov lavozimidan ozod etildi


O‘zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisi o‘rinbosari – Prezident matbuot xizmati rahbari Asadjon Xo‘jayev lavozimidan ozod etildi. Bu haqdagi xabarlarni “Daryo”ning hukumatdagi ishonchli manbalari tasdiqladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi Bobur Alixonov ham egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

Asadjon Xo‘jayev (1970-yilda tug‘ilgan) O‘zbekiston Prezidenti Davlat maslahatchisi o‘rinbosari – Prezident matbuot xizmati rahbari etib tayinlangani 2017-yil mart oyida ma’lum bo‘lgan edi. Bungacha Xo‘jayev Intellektual mulk qo‘mitasi bosh direktori, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori o‘rinbosari, “O‘zbekiston pochtasi” kompaniyasi bosh direktori birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Bobur Alixonov 2017-yil 3-avgust kuni O‘zMTRK raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. Bungacha u 3-apreldan beri O‘zMTRK raisi birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. OAV sohasi bo‘yicha ekspert Bobur Alixonov 1983-yildan televideniyeda turli lavozimlara mehnat qilgan bo‘lib, O‘zMTRKdan avvalgi ish joyi UzReport telekanali bo‘lgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-08-2017, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют