» » Tijorat banklari xorijiy valyuta operatsiyasi uchun litsenziya olishi shart emas. Bu bank uchun oddiy faoliyat turiga aylanadi

Tijorat banklari xorijiy valyuta operatsiyasi uchun litsenziya olishi shart emas. Bu bank uchun oddiy faoliyat turiga aylanadi


O‘zbekiston banklariga xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirishga litsenziya berish amaliyoti bekor qilinadi. Tijorat banklarining xorijiy valyuta bilan amalga oshiradigan operatsiyalari bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida amalga oshiriladi. Bu tartib O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2-sentabrda imzolangan “Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha dastlabki choralar to‘g‘risida”gi Farmonda belgilangan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda valyuta bozorini erkinlashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilandi

Farmonga ko‘ra, xorijiy valyutada kredit berish va uni qaytarish shartlari tijorat banklari tomonidan, tomonlar kelishuviga asosan kredit siyosatidan kelib chiqqan holda, mustaqil belgilanadi.

Xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha komission to‘lovlar miqdori ham tijorat banklari tomonidan mustaqil belgilanshi qayd etilgan.

Hujjatda xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo‘yicha yuzaga keladigan xatarlar ham banklar vakolati doirasiga kiritilgan. Ya’ni xorijiy valyutani sotib olish va sotish bilan bog‘liq xatarlar tadbirkorlik xatariga kiritiladi va ularni boshqarish tijorat banklari vakolatiga kiradi.

Avvalroq mazkur hujjatga asosan 5-sentabrdan boshlab tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslardan erkin ravishda xorijiy valyuta sotib olinishi haqida xabar berilgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-09-2017, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют