» » Piskentda qotillik sodir etgan shaxs ushlandi

Piskentda qotillik sodir etgan shaxs ushlandi


Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qotillik jinoyati fosh etildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

Muqaddam xabar berilganidek, joriy yilning 30-avgust kuni Piskent tumani “Namuna” mahallasi hududidan no’malum erkak kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topilib, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida jabrlanuvchining shaxsi aniqlanib, u Olmaliq shahrida yashagan R. Kan (1959-yili tug‘ilgan) ekanligi, mazkur jinoyatni esa uning tanishi F. Tarabrin (1961-yili tug‘ilgan) sodir etganligi aniqlandi.

Tergovda aniqlanishicha, 21-avgust kuni Olmaliq shahrida yashovchi F. Tarabrin uyiga mehmonga kelgan R. Kan bilan o‘zaro janjallashib, uning bosh qismiga temir bolg‘a bilan ko‘plab tan jarohatlari yetkazib, qasddan o‘ldirgan. Sodir etilgan jinoyatni yashirish maqsadida jabrlanuvchining murdasini o‘z uyi yerto‘lasiga yashirib, 25-avgust kuni tanishi A. Zubarev yordamida murdani Piskent tumani “Namuna” mahallasi hududidagi ochiq maydonga tashlab ketishgan.

Sud tomonidan F. Tarabrin va A. Zubarevlarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-09-2017, 21:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют