» » Jizzax viloyatida zamonaviy neftni qayta ishlash majmuasi barpo etiladi

Jizzax viloyatida zamonaviy neftni qayta ishlash majmuasi barpo etiladi


8-sentabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan konferensiyada Jizzax viloyatida yangi neftni qayta ishlash majmuasini bino etish loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda “Daryo”ga “O‘zbekneftgaz” vakillari ma’lum qildi.

Tadbir tashkilotchilari “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘ldi. Konferensiyada uning struktur bo‘linmalari — “Neftgazinvest” MChJ, «O‘zLITIneftgaz” AJ, Jizzakh Petroleum MChJ QK, shuningdek, loyihada ishtirok etayotgan hamkor kompaniyalar — Enter Engineering Pte Ltd, Hyundai Engineering Co Ltd, Amec Foster Wheeler vakillari ishtirok etdi.

Konferensiya chog‘ida neftni qayta ishlash majmuasiining imkoniyatlari hamda zavod konfiguratsiyasi haqida ma’lumot berildi.

27-aprel kuni davlat rahbari Jizzax viloyatida yiliga 5 million tonna neftni qayta ishlash salohiyatiga ega yangi majmua qurilishiga start berdi.

Jizzax NQIM qurilishi mamlakatda bu tarmoqning rivojlanishida muhim bosqich bo‘ladi, deb ta’kidlandi tadbirda.

Yangi majmua neft xomayoshsining Rossiya va Qozog‘iston konlaridan neft quvurlari orqali oladi.

Yiliga 5 million tonna neftni qayta ishlash yo‘li bilan korxona Euro-5 standartiga mos keluvchi 3,7 million tonna motor yoqilg‘isi, 700 ming tonnadan ortiq aviatsion kerosin, shuningdek, quyultirilgan gaz, mazut, bitum va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Zavod qurilishi Jizzakh Petroleum QK tomonidan bosh pudratchi — Enter Engineering Ltd kompaniyasi hamda uning hamkorlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Majmuani loyihalashtirishda yetakchi xalqaro kompaniya — Amec Foster Wheeler (Buyuk Britaniya) ishtirok etmoqda.

Shuningdek, yetakchi konsultatsion kompaniyalar — Wood MacKenzie (Buyuk Britaniya), Nexant (AQSh) va Argus (Buyuk Britaniya) marketing tadqiqotlari olib bormoqda.

Korxona ishga tushirilishi bilan 2 ming kishi ish o‘rinlari bilan ta’minlanadi. Neft-kimyo tarmog‘idagi har bir ish o‘rni yondosh sohalarda bir necha yangi ish o‘rni yaratadi. Loyiha realizatsiyasidan so‘ng mintaqa iqtisodiy segmentlarida yangi istiqbollar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, NQIM elektr energiyasining yirik iste’molchisiga va yuk yuboruvchiga aylanadi, bu energetik va transport sektorlarining rivojiga hissa qo‘shadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-09-2017, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют