» » “O‘lim guruhi”. Krishtianu qaytishini 2 ta gol bilan nishonladi, Dortmund “Borussiya”si Londonda yengildi

“O‘lim guruhi”. Krishtianu qaytishini 2 ta gol bilan nishonladi, Dortmund “Borussiya”si Londonda yengildi


Chempionlar Ligasining “o‘lim guruhi” ta’rifi berilgan zonasida ham 1-tur bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi.

Madridning “Real” klubi La Liganing so‘nggi turida hujumchi Karim Benzemani yo‘qotgandi. Evaziga, uning o‘rniga Krishtianu Ronaldu qaytdi. Portugaliyalikning qaytishi “Qirollik klubi” uchun foydali bo‘ldi va u Kipr klubi darvozasiga 2 ta gol urishga erishdi. Yana 1 ta gol Serxio Ramos nomiga yozildi.

Shu kuni ham “Real” futbolchilaridan biri jarohat oldi. 25-daqiqaga kelib Mateo Kovachichning o‘yinni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi. Uning o‘rnini esa Toni Kroos egalladi. Xorvatiyalik futbolchi qanchaga safdan chiqqani hozircha aniq emas.

So‘nggi ikki mavsum APLda yorqin o‘yinlar ko‘rsatayotgan Londonning “Tottenhem” klubi bir yil muqaddam Chempionlar Ligasining guruh bosqichida qolib ketgandi. Bu safar “shporlar” turnirni jiddiy raqib — “Borussiya Dortmund”ni yengish bilan boshladi — 3:1. Uchrashuvda Harri Keyn raqib darvozasiga 2 ta gol urdi.

Yevropa Chempionlar Ligasi
“H” guruhi. 1-tur
13-sentabr, chorshanba

Gollar: Son Xyon Min, 4 (1:0). Andrey Yarmolenko, 11 (1:1). Harri Keyn, 15 (2:1). Harri Keyn, 60 (3:1).
Chetlatish: Yan Vertongen, 92+ (T).

Gollar: Krishtianu Ronaldu, 12 (1:0). Krishtianu Ronaldu, 51-pen (2:0). Serxio Ramos, 61 (3:0).

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-09-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют