» » Britaniya qirollik oilasidagina uchratish mumkin bo‘lgan odatlar (foto)

Britaniya qirollik oilasidagina uchratish mumkin bo‘lgan odatlar (foto)


AdMe Buyuk Britaniya qirollik oilasining eng sirli odatlari haqida ma’lumotlar to‘plab taqdim etdi.

2008-yilda shahzoda Endryu qirollik oilasi a’zolariga “Monopoliya” o‘ynash taqiqlanganini ma’lum qilgan.

“Men yorqin rangli kiyimlarni kiymasam odamlar mening kimligimni bilmay qoladi”, — degan edi qirolicha o‘z shtatidagi xodimlardan biriga.

Birinchisi — rasmiy bo‘lib, hamdo‘stlik mamlakatiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Ikkinchisi — 21-aprel, 1926-yilda tug‘ilgan kuni. Bunga sabab azart o‘yinning ichiga kirib ketilganidan so‘ng, uning talablari juda ham qattiqlashib ketishida.

Bu hammaga ma’lum bo‘lsa-da, doim ham bunga amal qilinavermaydi. Odatda bu kabi holatlar yulduzlar yoki boshqa mashhur shaxslar bilan uchrashganda sodir bo‘ladi.

Qirollik oilasi a’zolari kim tomonidan va qanday narsa sovg‘a qilinishidan qat’iy nazar samimiyat bilan qabul qilib olishlari darkor. Sovg‘larning kelgusi taqdirini qirolicha hal qiladi.

Britaniya pasporti Hazrati Oliyalarining nomidan taqdim qilingani uchun, Yelizaveta II sayohat qilmoqchi bo‘lsa, unga pasportning keragi yo‘q. U o‘zining rasmi tushurilgan banknota yoki tangani taqdim etsa kifoya.

Qirolicha — butun Buyuk Britaniya bo‘ylab bu kabi huquqqa ega bo‘lgan yagona shaxs.

Meros haqidagi so‘nggi qarorga ko‘ra, taxtga da’vogar birinchi olti kishi 25 yoshiga qadar nikohdan o‘tishi uchun qirolichadan ruxsat olishi kerak. Agarda u rozilik bermasa — to‘y bo‘lmaydi.

Bu hatto qirolichaning o‘ziga ham tegishli. Uning turmush o‘rtog‘i Filipp qirol-konsort unvoniga ega, biroq u qirol bo‘lish huquqiga ega emas. Bunga uning grek ekanligi sabab, shuning uchun u hech qachon taxtga da’vogarlik qila olmaydi. Bu kabi vaziyat shahzoda Uilyamga ham tegishli: agarda u qirol bo‘lgudek bo‘lsa, gersoginya Ketrin qirolicha-konsortga aylanadi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-09-2017, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют