» » 20—21-sentabr kunlari O‘zbekistonda Central Asia Robot Challenge robototexnika musobaqasi bo‘lib o‘tadi

20—21-sentabr kunlari O‘zbekistonda Central Asia Robot Challenge robototexnika musobaqasi bo‘lib o‘tadi


Joriy yil 20—21-sentabr kunlari “O‘zekspomarkaz” MKM pavilyonlarida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida birinchi bo‘lib O‘zbekistonda Central Asia Robot Challenge (CARC) robototexnika bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tadi. Musobaqa ICTWEEK Uzbekistan – 2017 AKT haftaligi doirasida o‘tkaziladi, deb xabar berdi O‘zA.

Ushbu musobaqa O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan tashkil etilmoqda.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan tashrif buyuradigan robototexnika ixlosmandlari ikki yosh toifasi – 10 yoshdan 14 yoshgacha hamda 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan guruhlarda g‘oliblik uchun kuch sinashadi. Ular “short-trek”, “chiziqlar bo‘ylab poyga” hamda “robo-sumo” singari uch yo‘nalishda bahslashadi.

Turnir sport va ta’lim robototexnikasi, ilmiy-texnik ijodning yanada ommalashishi hamda yoshlar orasida muhandislik kasbi nufuzining ortishiga xizmat qiladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-09-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют