» » Amerikalik ayol Starbucks qahvaxonalar tarmog‘ini o‘z itining o‘limida ayblamoqda

Amerikalik ayol Starbucks qahvaxonalar tarmog‘ini o‘z itining o‘limida ayblamoqda


Amerikaning Denver shahrida (Kolorado shtati) istiqomat qiluvchi fuqaro Starbucks qahvaxonalar tarmog‘i ustidan sudga murojaat qildi. U kompaniyani o‘zining kuchugini o‘limida ayblamoqda, deb xabar berdi CBS News.

2015-yilning sentabrida Dianna Salas-Solano mashinasida qahvaxonaga kelib choy xarid qilgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, xodim unga maxsus ushlagichi yo‘q hamda og‘zi yaxshi yopilmagan stakanni uzatgan.

Natijada ayol qo‘llarini kuydirib olgan va choyni qorin hamda soniga to‘kib yuborgan. Tanasi kuygan ayol baqirib yuborgan. Shunda uning kuchugi tizzasiga otilgan va stakanga tegib ketib, uning ichidagi qolgan ichimlikni to‘kib yuborgan.

Olingan jarohat oqibatida kuchuk veterinariya shifoxonasida vafot etgan. Uning egasi ham tana yuzasining ikkinchi darajali kuyishi bilan shifoxonaga yetkazilgan. Davolash ishlari davomida ayolga teri ko‘chirib o‘tkazishga to‘g‘ri kelingan.

Starbucks kompaniyasi o‘z xodimining aybdor emasligini ta’kidlamoqda. Tarmoq vakillarining so‘zlariga ko‘ra, haqiqat ular tomonida ekanligini isbotlovchi video mavjud. Uni sudda taqdim etishga tayyorlar.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-09-2017, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют