» » Kuyishda birinchi yordam: nima mumkin va nima mumkin emas?

Kuyishda birinchi yordam: nima mumkin va nima mumkin emas?


Kuyishning sababi nima bo‘lishidan qat’iy nazar, bir xilda harakat qilinishi kerak.

Birinchi yordam ko‘rsatish darsliklarida bu “shikast yetkazuvchi omillarning harakatini to‘xtatish” deyiladi. Bu, odamni iloji boricha tezroq masalan, qaynoq suv yoki kislota tagidan chiqarib olish kerak degan ma’noni anglatadi.

Agar siz kimgadir yordam berayotgan bo‘lsangiz, avval o‘zingizga hech narsa xavf solmayotganligini tekshirib ko‘ring.

Agar quyidagi holatlar yuz bersa, albatta tez yordamga qo‘ng‘iroq qilish kerak:

Agar kuyish yengil, lekin diametri besh santimetrdan ko‘p bo‘lmasa, tez yordam chaqirmasa ham bo‘ladi. Lekin baribir shikastlanganlarga yordam berish punktigacha borish kerak.

Shikastlangan sohani 15-20 daqiqa davomida oqib turgan sovuq suv tagida tutib turish kerak.

Yaxshisi bint zararsizlantirilgan bo‘lgani ma’qul. Bint yoki doka kuygan joyni to‘liq yopib turadigan o‘lchamda bo‘lishi kerak. Bintni unchalik mahkam qilib bog‘lamaslik lozim.

Zarar ko‘rgan odamga asosi paratsetamol, ibuprofen yoki nimesulid bo‘lgan har qanday tabletkalar yordam beradi.

Zarar ko‘rgan odam iloji boricha ko‘proq suyuqlik ichishi kerak, chunki kuyish, hatto kichkina bo‘lsa ham aylanuvchi qon hajmini kamaytiradi.

Zararlangan joyga malham dori surmaslik kerak.

Shuningdek tuxum, yog‘, qaymoq va boshqa vositalarni ham ishlatish mumkin emas: ular bitishni sekinlashtiradi va shifokorlarga yarani yuvishda xalal beradi.

Sovuqdan shikastlanmasligi uchun yaraning ustiga muz qo‘ymaslik kerak.

Manba: “Layfxaker”

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-09-2017, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют