» » Qozog‘iston davlat axborot agentligi O‘zbekiston hududlarini Qozog‘istonga tegishli qilib ko‘rsatgan xaritani chop etdi

Qozog‘iston davlat axborot agentligi O‘zbekiston hududlarini Qozog‘istonga tegishli qilib ko‘rsatgan xaritani chop etdi


Qozog‘istonning “Kazinform” davlat axborot agentligi chop etgan yangi xaritasida mamlakat tarkibiga qo‘shni Rossiya, O‘zbekiston va Xitoyning ayrim hududlari qo‘shib yuborilgan. Bu haqda 14-sentabr kuni Regnum agentligi ma’lum qildi.

Xaritada Qozog‘iston chegaralari Rossiyaning Omsk va Orenburg viloyatlari, Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor okrugi, O‘zbekistonning Toshkent viloyati hududidan o‘tgan. Bundan tashqari, xaritada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qozog‘iston hududiga qo‘shib qo‘yilgan.

Xarita ilova qilingan matn qozoq tilini zamonaviylashtirish mavzusiga bag‘ishlangan.

Keyinroq xarita saytdan o‘chirildi, ammo uning surati Google keshida saqlab qolingan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-09-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 58) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют