» » Janubiy Koreya o‘z ballistik raketasini uchirdi

Janubiy Koreya o‘z ballistik raketasini uchirdi


KXDRning navbatdagi raketa sinovidan so‘ng darhol Janubiy Koreya o‘zining “Xyonmu-1” ballistik raketasini uchirdi, deb yozadi Yonhap.

Koreya Respublikasi shtab boshliqlari qo‘mitasiga ko‘ra, raketa Yapon dengiziga qarata uchirilgan.

Janubiy Koreya raketasi 250 km masofani bosib o‘tgan, bu, ta’kidlanishicha, “gij-gijlashlar chiqib kelayotgan Gvangan aviabazasigacha bo‘lgan masofaga teng”.

Seuldagilar amalga oshirilgan operatsiyani “Shimoliy Koreya gij-gijlashlariga javob qaytarishga shaylikning namoyishi” deb atadi.

Avvalroq 15-sentabr, juma kuni Shimoliy Koreya Yaponiya tomonga qarata yana raketa uchirgani ma’lum qilingan edi. Keyinroq Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In KXDR bilan muzokaralar olib borish ilojsiz ekanligini aytdi va uni butunlay yo‘q qilish bilan tahdid qildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-09-2017, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют