» » Xalqaro tolov kartasining ishlatilishi va tijorat banklarida jismoniy shaxslardan chet el valyutasini sotib olish togrisida Milliy bank axboroti

Xalqaro tolov kartasining ishlatilishi va tijorat banklarida jismoniy shaxslardan chet el valyutasini sotib olish togrisida Milliy bank axboroti


Milliy bank bilan yanada qulay!!!

Respublikamizda valyuta bozorini yanada erkinlashtirish hamda mukammal valyuta xizmatlari korsatilishini taminlash maqsadida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi Valyuta siyosatini liberallashtirish boyicha birinchi galdagi chora-tadbirlar togrisidagi 5177-sonli farmoni qabul qilinganligi Vatanimizning jahon hamjamiyati orasidagi ornini yanada mustahkamlash uchun qoyilgan muhim qadamlardan biri boldi.

Mazkur farmonga binoan, Ozbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan banklarning valyuta ayirboshlash shohobchalari orqali chet el valyutalarini milliy valyuta somga erkin ayirboshlashlari hamda ozlarining milliy valyutadagi mablaglariga konversion kartalar orqali chet el valyutasini cheklanmagan miqdorda sotib olish mumkinligi korsatilgan.

Shu munosabat bilan, Milliy bank tomonidan valyuta amaliyotlari boyicha xizmat korsatishda mijozlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida quyidagi qulayliklarni joriy etmoqda.

Jumladan, bank tomonidan chet el valyutasini sotib olishda:

AQSh dollari, Yevro, Angliya funt-sterlingi, Yaponiya yenasi hamda Shveysariya franki korinishidagi chet el valyutasidagi pul mablaglari bankning valyuta ayirboshlash shohobchalari orqali hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinmoqda.

Bank tomonidan chet el valyutasini sotishda:

Chet el valyutasini sotib olish maqsadida ishlatiladigan konversion kartalarni rasmiylashtirish uchun amalga oshiriladigan tolov endi bor yogi 100 ming somni tashkil qiladi;

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida, konversion kartani rasmiylashtirish jarayoni yanada tezlashtirildi;

Chet el valyutasini sotib olish uchun milliy valyutadagi mablag ixtiyoriy korinishda, jumladan, naqd, bankda saqlanayotgan omonatlar, shuningdekm milliy valyutadagi konversiya qildiruvchi nomiga rasmiylashtirilgan som plastik kartalardagi mablaglar korinishida taqdim qilinishi mumkin;

Chet el valyutasidagi kartaning kamaytirilmaydigan qoldiq depoziti 70 AQSh dollarini tashkil etadi. Bu mablag karta egasiga tegishli bolib, u chet el banklari tomonidan kartaga korsatilgan xizmat uchun mablag yechib olinishi oqibatida karta balansining pasayib ketishi natijasida bank-emitent korishi mumkin bolgan zararning oldini olish maqsadida yolga qoyilgan bolib, mazkur mablag qoldigi karta yopilayotgan paytda karta egasiga qaytarib beriladi;

Mijozlarimiz uchun muhim bolgan yangilik: endi Milliy bank filiallari orqali mijozlar ozining konversion kartasidan yaqinlarining konversion kartasiga chet el valyutasidagi mablaglarni otkazishlari mumkin;

Karta balansida mavjud bolgan mablaglardan foydalanganlik uchun bank komissiyalari miqdori 5 foizdan 1 foizga tushirildi;

Bank mijozlari ozlarining konversion kartadagi mablaglarini Ozbekiston Respublikasi hududidan tashqarida hech qanday cheklovlarsiz ishlatishlari mumkin.

Aziz Vatandoshlar hamda bankimiz mijozlari!

Milliy bank bilan birga yorqin kelajak sari intiling!

Reklama huquqi asosida!

Daryo yangiliklarini Facebookda kuzatib boring

: admin (15-09-2017, 11:57)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 20) ( 3)
:
-
:
20 ... -