» » Eron “barcha bombalarning otasi” bilan maqtandi

Eron “barcha bombalarning otasi” bilan maqtandi


Eron mudofaa sanoati vazni taxminan 10 tonna chiqadigan bomba tayyorladi. Bu haqda Eron Harbiy-havo kuchlari va Harbiy-kosmik kuchlari qo‘mondoni Amir Ali Xojizodaning bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Qo‘mondonning so‘zlariga ko‘ra, qurolni “Il-76TD” samolyotidan tashlash mumkin. Bomba kuchli vayronkor kuchga ega. “Agar AQShda bombalarning onasi bo‘lsa, Eronda bombalarning otasi bor”, — deb ta’kidlagan Amir Ali Xojizoda.

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, Eron yong‘inni o‘chirish uchun va aviatsiya transporti ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan uchta “Il-76TD” samolyotiga ega.

AQSh Qurolli Kuchlari joriy yilning 13-aprel kuni Afg‘onistondagi IShID terrorchilari obyektlariga “barcha bombalarning onasi” hisoblanadigan o‘zining eng qudratli aviabombasi — GBU-43/B’ni tashlagan edi.

GBU-43/B bombasi 2000-yillarning boshida ishlab chiqilgan bo‘lib, u AQSh Qurolli Kuchlari ixtiyoridagi eng kuchli noyadroviy bomba hisoblanadi. Bombaning og‘irligi 9,5 tonna, quvvati — trotil ekvivalentida 11 tonna.

Afg‘onistondagi IShID marralariga “barcha bombalarning onasi” yordamida zarba berilishi oqibatida kamida 90 nafar jangari halok bo‘lgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-09-2017, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют