» » Fotogalereya: Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev joriy yilda 7 marta uchrashdi

Fotogalereya: Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev joriy yilda 7 marta uchrashdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2017-yil hisobidan turli tadbirlar, sammitlar va davlat tashriflari doirasida yetti marotaba uchrashdi. Prezidentlar 4 marta Qozog‘istonda, bir martadan Xitoy, Saudiya Arabistoni va O‘zbekistonda uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev 22—23-mart kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga tashrif buyurdi.

Prezidentlar MEGA Silk Way savdo markazining rasmiy ochilishida ishtirok etdi va uni ko‘zdan kechirdi.

29-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonning Janubiy Qozog‘iston viloyatiga tashrif buyurdi.

Prezidentlar Caspian Food vinochilik korxonasida bo‘ldi. Ularga uzum, yong‘oq o‘tqazish hududlari namoyish etildi.

11-may kuni Xitoyga davlat tashrifi bilan borgan Shavkat Mirziyoyev 14—15-may kunlari Pekindagi “Bir makon, bir yo‘l” forumida Qozog‘iston rahbari bilan ko‘rishdi.

20—21-may kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21-may kuni arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi.

8—9-iyun kunlari Ostonada o‘tkazilgan ShHT sammiti doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari uchrashdi.

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari “Ostona opera”dagi konsertni tomosha qildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi EKSPO-2017 ning ochilish marosimida ham ishtirok etdi.

10-sentabr kuni Ostonada Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlari uchrashdi.

16-sentabr kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.

Tashrif davomida ikki davlat 10 dan ortiq hujjat imzoladi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevga uning “XXI asr bo‘sag‘asida” nomli kitobining o‘zbek tilida chop etilgan nusxasini sovg‘a qildi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevni ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (17-09-2017, 01:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют