» » OAV: Britaniya tashqi ishlar vaziri Brexit tufayli iste’foga chiqishi mumkin

OAV: Britaniya tashqi ishlar vaziri Brexit tufayli iste’foga chiqishi mumkin


Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson hukumat rahbari Tereza Meyning Brexit bo‘yicha qarori tufayli iste’foga chiqishi mumkin. Bu haqda, The Telegraph nashriga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Aytilishicha, Mey xonim 22-sentabr kuni Brexit xususida chiqish qilishni rejalashtirgan. Agarda bosh vazir Yevropa Ittifoqi bilan yagona bozorda qolish uchun badal to‘lash qarorini ma’qullasa, ilgari bunga qarshi chiqqan Jonson iste’foga chiqishga majbur bo‘ladi.

Ayni paytda Jonson Nyu-Yorkda bo‘lib, BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Uning o‘zi iste’fo haqidagi xabarlarni inkor qildi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-09-2017, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 1) ( 54) ( 2)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...