» » Guterrish Hasan Ruhoniydan BMTning sobiq xodimini qamoqdan ozod qilishni so‘radi

Guterrish Hasan Ruhoniydan BMTning sobiq xodimini qamoqdan ozod qilishni so‘radi


BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Eron prezidenti Hasan Ruhoniydan AQSh fuqarosi, xalqaro tashkilotning sobiq xodimi Bakir Namoziyni qamoqdan ozod qilishni so‘radi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik bu haqda Guterrish va Ruhoniy uchrashuvining yakunlariga ko‘ra o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Bosh kotib Bakir Namoziyni insonparvarlik nuqtai nazaridan ozod qilish masalasini ko‘tardi”, — dedi u.

2016-yil oktabrida Eron sudi 80 yoshli Namoziyni hamda uning 46 yoshli o‘g‘li Siamakni AQSh foydasiga ayg‘oqchilik qilishda aybdor deb topib, o‘n yillik qamoq jazosiga hukm qilgan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-09-2017, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют