» » Sukerberg Facebook’ning 75 millionta aksiyasini yaqin 1,5 yil ichida sotish niyatida

Sukerberg Facebook’ning 75 millionta aksiyasini yaqin 1,5 yil ichida sotish niyatida


Facebook asoschisi Mark Sukerbergning ma’lum qilishicha, u o‘zining turmush o‘rtog‘i Prissilla Chan bilan birgalikda yaqin 1,5 yil ichida kompaniyaning o‘zlariga tegishli 75 millionta aksiyasini sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sukerberg Facebook’dagi sahifasiga yozib qoldirdi, deb xabar berdi “TASS”.

“Men ilm-fan va huquqlarni himoya qilish sohasidagi (xayriya) ishlarimiz uchun Facebook’ning 35 milliontadan 75 milliontagacha aksiyasini yaqin 18 oy ichida sotishni rejalashtirmoqdaman”, — deb yozadi Sukerberg. Shu bilan birga, u kompaniyaning direktorlar kengashi ustidan nazoratni kamida yana 20 yilga saqlab qolishni reja qilayotganini ta’kidladi.

2015-yili Sukerberg va Chan umrlarining oxiriga qadar Facebook’ning o‘zlariga tegishli barcha aksiyalarini xayriya yo‘lida tarqatib yuborishni va’da qilgan edi.

Facebook — dunyodagi yetakchi ijtimoiy tarmoqlardan biri. Unga 2004-yilning 4-fevralida Sukerberg va uning o‘sha vaqtda Garvard universitetida birga o‘qigan kursdoshlari tomonidan asos solingan. Ijtimoiy tarmoqqa har oyda 2 milliarddan ortiq odam kiradi. Hozirda Sukerberg kompaniya rahbari hisoblanadi, Forbes jurnali uning kapitalini 70 milliard dollardan ortiqqa baholagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (23-09-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют