» » APL. Bugun 6-tur o‘yinlariga start beriladi. Manchester titanlari qo‘shhokimlikni saqlab qola oladimi?

APL. Bugun 6-tur o‘yinlariga start beriladi. Manchester titanlari qo‘shhokimlikni saqlab qola oladimi?


Bugun 23-sentabr, shanba kuni Angliya premyer ligasi bahslarining 6-tur bahslariga start beriladi.

Unga ko‘ra, chempionatdagi 1-o‘rinni o‘z hamshaharlari bilan bo‘lishib turgan “Manchester Yunayted” safarda “Sautgempton”ga qarshi saf tortadi. “Siti” esa o‘z maydonida musobaqa autsayderi “Kristal Pelas”ni imtihondan o‘tkazadi.

3-o‘rinda borayotgan amaldagi champion Antonio Konte jamoasi “Chelsi” mehmonda “Stok Siti” bilan kuch sinashadi.

Turning markaziy to‘qnashuvi “Lester” hamda “Liverpul” o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

UzReport hamda Futbol TV telekanallari ushbu uchrashuvlardan bir nechtasini translyatsiya qilishni rejalashtirgan. Jumladan, Futbol TV Toshkent vaqti bilan 16:30 dan boshlab “Vest Hem” — “Tottenhem” uchrashuvini taqdim etsa, 21:30 da esa “Lester” — “Liverpul” o‘yinini to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatishni boshlaydi.

UzReport telekanali esa 19:00 da “Sautgempton” — “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi o‘yinni translyatsiya qilishni rejalashtirgan.

“Vest Hem” — “Tottenhem”

“Everton” — “Bornmut”

“Suonsi” — “Uotford”

“Stok Siti” — “Chelsi”

“Manchester Siti” — “Kristal Pelas”

“Byornli” — “Xaddersfild”

“Lester” — “Liverpul”

“Brayton” — “Nyukasl”

“Arsenal” — “Vest Bromvich”

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (23-09-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют