» » Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi


O‘zbekistonda bo‘lib turgan Tatariston prezidenti Rustam Minnixonov 24-sentabr kuni Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Yuqori martabali mehmon O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov mangu qo‘nim topgan maskanni ziyorat qildi. “Buyuk Yurtboshimiz qabriga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdi. Qur’on tilovat qilindi”, — deyiladi agentlik axborotida.

Rustam Minnixonov Islom Karimov mustaqil O‘zbekistonning asoschisi sifatida uning taraqqiyoti yo‘lida ulkan ishlarni amalga oshirgan yirik tarixiy shaxs ekanini ta’kidladi.

Mehmonga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning doimiy e’tibori tufayli bu yerda qisqa fursatda amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari haqida so‘zlab berildi.

“Yodgorlik majmuasining milliy me’morlik an’analari asosida bunyod etilayotgani va bu yerda ziyoratchilar uchun keng qulayliklar yaratilayotgani mehmonda katta taassurot qoldirdi”, — deb yozadi O‘zA.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-09-2017, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 32) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют