» » Rossiya O‘zbekistonga shakar eksport qilishni boshlaydi

Rossiya O‘zbekistonga shakar eksport qilishni boshlaydi


Rossiya qishloq xo‘jalik vaziri Aleksandr Tkachevning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida tomonlar rossiyalik ishlab chiqaruvchilar tomonidan shakar eksporti haqidagi bitimni imzoladi, deb yozadi “Kommersant”.

Rossiya tomoni tashabbusini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘llab-quvvatladi va shakar “yetkazib berish uzoq muddatli asosda amalga oshishi”ga ishonch bildirdi. Bitimni Rossiya shakar ishlab chiqaruvchilar ittifoqi va “O‘zbekoziqovqatxolding” davlat kompaniyasi imzoladi.

Shuningdek, Rossiya qishloq xo‘jalik vazirligi ma’lum qilishicha, yana ikkita hujjat imzolangan, bular — Rossiya kartoshka ittifoqi, “O‘zbekoziqovqatxolding” va Qirg‘iziston sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi o‘rtasidagi uch tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv hamda Rossiya kartoshka ittifoqi va O‘zbekistonning Sanray Agro Plus kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston hududida urug‘lik kartoshkani yetishtirish bo‘yicha markaz yaratish bo‘yicha hamkorlik haqidagi bitim.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют