» » Ilon Mask Marsga uchadigan sayyoralararo kosmik kemaning “parvozi”ni namoyish etdi (video)

Ilon Mask Marsga uchadigan sayyoralararo kosmik kemaning “parvozi”ni namoyish etdi (video)


Amerikalik biznesmen va SpaceX asoschisi Ilon Mask sayyoralararo kosmik kemaning Marsga parvozi hamda uning ishi modellashtirilgan videoni namoyish etdi. Videorolik Maskning Instagram’dagi sahifasiga joylashtirildi, deb xabar berdi “RBK”.

Ilon Mask namoyish etgan qisqa videolarda kosmik kemaning Yer sathidan uchib Marsga qo‘nishi tasvirlangan. Videodagi ushbu kemaning sayohati Mars iqlimining o‘zgarishi bilan yakunlanadi — uning iqlimi Yernikiga o‘xshab qoladi.

Bundan tashqari, Maskning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya yaqin vaqtlar ichida Rocket konstruksiyasining yangi versiyasi tasvirlangan videoni taqdim etadi. “Yangi dizaynning ayrim jihatlari va uning qo‘llanilishi kutilmagan bo‘ladi”, — deya va’da berdi biznesmen.

Avvalroq, Mask SpaceX kompaniyasi tomonidan yaratilgan yangi skafandrning ilk suratlarini namoyish etgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-09-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют