» » O‘zbekistonda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab nogironlar uchun moslashtirilmagan transport xarid qilish taqiqlanadi

O‘zbekistonda 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab nogironlar uchun moslashtirilmagan transport xarid qilish taqiqlanadi


O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Prezidentning “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda Norma xabar berdi.

“Nogiron” atamasi o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs”dan foydalanish taklif qilinmoqda. BMTning nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasini ratifikatsiya qilishning zarurligi qayd etildi. “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun asosida esa “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun ishlab chiqiladi.

3-dekabr kunini O‘zbekistonda “Nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni”, deb e’lon qilish taklif qilindi. Shuningdek, Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish maqsad qilingan.

Bundan tashqari, taxminan kelgusi yilda qo‘shimcha ravishda quyidagi chora-tadbirlar qabul qilish ko‘zda tutilgan:

Loyiha Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va ularning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini o‘z ichiga oladi. U 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha 66 ta chora-tadbirni amalga oshirishni ko‘zda tutadi:

I – nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati va darajasini oshirish;

II – nogironlikni profilaktika qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam va ijtimoiy reabilitatsiyaning samaradorligini oshirish;

III – nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalash, ularni talab bo‘lgan kasblarga o‘qitish tartibini takomillashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni maxsus kasbiy tayyorlash va yangi kasblarga qayta tayyorlash, shuningdek ularni ishga joylashtirishga yordam berish;

IV – tibbiy-ijtimoiy muassasalarni moddiy-texnik jihozlashni yaxshilash, nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishi imkoniyati bo‘lgan va qulay muhitni ta’minlash.

Loyiha o‘zgartirlishi, qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-09-2017, 05:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют