» » Buyuk Britaniya “Breksit”dan keyingi ikki yil ichida Yevroittifoq qoidalaridan o‘zini chetga olmoqchi

Buyuk Britaniya “Breksit”dan keyingi ikki yil ichida Yevroittifoq qoidalaridan o‘zini chetga olmoqchi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mamlakat “Breksit”dan keyingi ikki yil ichida Yevroittifoqning ba’zi qoidalaridan o‘zini chetga olishi mumkinligini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.

“Bizning munosabatlarimizga ta’sir qilmaydigan ba’zi qonunchilik sohalari bo‘ladi… Boshqa shunday sohalar borki, ularda, kelajakka qarab, biz bir xil maqsadlarni qo‘ya olamiz, ammo ularga erishish uchun turli usullar haqida o‘ylaymiz. Yana shunday sohalar borki, ularda biz maqsadlarni ham, ularga erishish usullarini ham kelishib olishimiz mumkin”, — dedi u.

Buyuk Britaniya Yevroittifoqdan ajralib chiqqanidan keyingi ikki yil o‘tish davri bo‘lishi kutilmoqda. Ushbu davr albatta cheklangan bo‘lishi kerakligini Mey 28-sentabr kuni Angliya bankidagi nutqida aytib o‘tgan edi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (1-10-2017, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют