» » Marg‘ilonda 22 yoshli yigit o‘zi ishlaydigan omborxonaga o‘g‘rilikka tushdi

Marg‘ilonda 22 yoshli yigit o‘zi ishlaydigan omborxonaga o‘g‘rilikka tushdi


Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahar ichki ishlar bo‘limiga shu shaharda joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli omborxonada o‘g‘rilik sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushadi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.

O‘g‘rilar omborxonaga yarim tunda eshik qulfini buzib kirib, u yerdan 41 550 000 so‘m pul va 150 AQSh dollarini olib ketganligi aniqlandi.

Olib borilgan tezkor tadbir natijasida, ushbu jinoyatni mazkur omborxona ishchisi 1995-yilda tug‘ilgan D.N. va uning jinoiy sheriklari 1976-yilda tug‘ilgan Sh.M., 1996-yilda tug‘ilgan A.G‘., 1984-yilda tug‘ilgan U.A.lar sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-10-2017, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют