» » Toshkent qurilishining bosh rejasini ishlab chiqishga daniyalik taniqli arxitektor Yan Geyl jalb etiladi

Toshkent qurilishining bosh rejasini ishlab chiqishga daniyalik taniqli arxitektor Yan Geyl jalb etiladi


Toshkent shahrini qurish bo‘yicha bosh rejani ishlab chiqishda daniyalik taniqli arxitektor Yan Geylning tavsiyalaridan foydalanish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida 3-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Asomiddin Tojiyev ma’lum qildi.

“Toshkent shahri qurilishining bosh rejasini ishlab chiqishga rasmiy ravishda taniqli arxitektor Yan Geylni jalb etishni rejalashtirmoqdamiz. Geylning kun tartibi o‘ta tig‘iz bo‘lgani uchun taklif qilganimizdan so‘ng unga aniq taklif berishimiz kerak. Uning qachon O‘zbekistonga kelishi bizning muzokaralarimizdan so‘ng aniq bo‘ladi. Yangi qurilishlarni loyihalashtirishga nafaqat Yan Geyl, balki bir necha xorijiy mutaxassislar va arxitektorlarni jalb qilish rejalashtirilgan. Geyl tavsiyalarini hisobga olgan holda piyodalar yo‘lakchasi, velosiped yo‘llari, panduslar quriladi.

Geylning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi uchun maksimal darajadagi qulay sharoitlar yaratish uchun katta salohiyat va yetarlicha zahira mavjud. Ayniqsa, ko‘chalardagi yo‘llarning kengligi ko‘plab qurilishlarni amalga oshirishga imkon beradi. Biroq buning uchun ko‘p vaqt talab etiladi. Masalan, Amsterdamga buning uchun 8 – 10 yil sarflangan. Yan Geyl biz bilan ishlashga rozi bo‘ladi, degan umiddamiz”,—deydi Asomiddin Tojiyev.

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari xorijlik arxitektorlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar muddati hozircha noma’lum ekanligini bildirdi.

Mavzuga doir: Toshkentni o‘zgartiradigan Yan Geyl: Yo‘llar emas, ko‘chalar qurmoq kerak

Mavzuga doir: Toshkentga kelganiga bir kun bo‘lgan Yan Geyl shaharda asfalt juda ko‘p ekanini tanqid qildi. U kim o‘zi?

 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-10-2017, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют