» » Yong‘in o‘chiruvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan XIII jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yangi milliy rekordni o‘rnatdi

Yong‘in o‘chiruvchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan XIII jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yangi milliy rekordni o‘rnatdi


Joriy yilning 25-sentabr va 1-oktabr kunlari Turkiyaning Izmir shahrida xalqaro yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar sporti federatsiyasining ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish rejasiga asosan, yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar o‘rtasida XIII jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Chempionatda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Chexiya, Ukraina, Mongoliya, Ozarbayjon, Slovakiya, Bolgariya, Turkiya, Qozog‘iston hamda O‘zbekiston terma jamoalari ishtirok etdi.
Umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni Belorus Respublikasi, ikkinchi o‘rinni Rossiya Federatsiyasi va uchinchi o‘rinni Ukraina egalladi.

Musobaqa ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish, yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi hamda yong‘in o‘chirish motopompasidan jangovar yoyilish turlari bo‘yicha o‘tkazildi.
Ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish turida O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi oltinchi, 100 metrga to‘siqlar osha yugurish turida oltinchi, yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi turida to‘rtinchi hamda yong‘in o‘chirish motopompasidan jangovar yoyilish turida to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, ishg‘ol qilish narvonida o‘quv minorasining 4-qavatiga ko‘tarilish turida bir nafar hamda 100 metrga to‘siqlar osha yugurish turida to‘rt nafar terma jamoa sportchilari “Sport ustasi” me’yorlarini bajardi. Yong‘in o‘chiruvchilar estafetasi turida terma jamoa a’zolari 55.77 soniya natijani qayd etib, yangi milliy rekordni o‘rnatdi.

Umumjamoa hisobida esa O‘zbekiston Respublikasi terma jamoasi beshinchi o‘rinni egalladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-10-2017, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют