» » IIQK qo‘mondoni Trampni Eronga qarshi sanksiyalarning oqibatlari haqida ogohlantirdi

IIQK qo‘mondoni Trampni Eronga qarshi sanksiyalarning oqibatlari haqida ogohlantirdi


Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) qo‘mondoni general Muhammad Ali Jafariyning ma’lum qilishicha, AQSh tomonidan Eronga qarshi yangi sanksiyalar kiritilgan taqdirda, AQSh Eronning ballistik raketalari yetib borishi mumkin bo‘lgan hududlardagi harbiy bazalarini “yo‘qotishi kerak bo‘ladi”. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Jafariyning so‘zlariga ko‘ra, AQSh siyosatining Eronga nisbatan har qanday qattiqlashishini Tehron Shtatlarning yadro kelishuvidan chiqishiga tenglashtiradi. Buning natijasida esa tegishli choralar ko‘riladi.

Shuningdek, u yangi sanksiyalarning kiritilishi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha har qanday imkoniyatni yo‘qqa chiqarishini ta’kidlagan. Bunda Jafariy Vashingtonni muzokaralardan muammolarni yechish uchun emas, balki bosim o‘tkazish maqsadida foydalanishda ayblagan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-10-2017, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют